O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida Bosh vazir o`rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.
Yig`ilish ishtirokchilariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi 4578-sonli Qarori o`qib eshittirildi. Unga ko`ra, Abdulaziz Urolboevich Aqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Ulug`bek Patxiddinovich Kasimxodjaev esa boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.






