2020 yil 17 yanvar kuni taxminan soat 14:00da "Olmaliq tog` kon metallurgiya” kombinatining kran haydovchisi 30 yoshli U.U., jez (latun) rangli metall bo`laklarini o`zining boshqaruvidagi “ZIL” rusumli avtokranida kon hududidan olib chiqib ketayotganida nazorat o`tish joyida to`xtatilib tekshirilganida avtokranning orqa yuqori qismidagi qutida narxi 7.298.386 so`mlik umumiy og`irligi 148 kg. bo`lgan jez (latun) rangli metall bo`laklari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-sonli IIB tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. U.U., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






