2019 yilning 16 dekabr kunidan 17 dekabr kuniga o`tar kechasi, taxminan soat 01:30 larda, noma`lum shaxs Chirchiq shahar Transformatorchilar ko`chasida fuqaro 43 yoshli S.R. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini noma`lum tomonga olib qochgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu avtomashina YTHga uchragan holatda, “Toshkent-Chimyon” yo`lining Chirchiq shahridagi “Arancha” qo`rg`onidan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 26 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlanib, 2020 yilning 12 yanvar kuni prosessual tartibda ushlangan va JKning 267-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari bilan ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.






