AsosiyJinoyat

Xorazmda “Tramadol” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi fosh etildi

'Xorazmda “Tramadol” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi fosh etildi'ning rasmi

2020 yilning 27 yanvar kuni “Hazorasp-Urganch” avtomobil yo`lida “Neksiya” avtomobili to`xtatilganda Bog`ot tumanida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan T.R. va yo`lovchilarning yonlaridan “Tramadol” giyohvandlik vositalarini borligi aniqlandi, deya xabar beradi Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati. Holat Xorazm viloyati IIB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida avtomashina yo`lovchisi M.O. ushbu giyohvandlik vositalarini tanishlari T.R. va  T.Q.larga qonunga xilof ravishda sotib o`tkazganligi ma`lum bo`ldi.

Shundan keyin davom ettirilgan tezkor tadbir natijasida  Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan G.R. 100 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasini fuqaro M.O.ga 1 200 000 so`mga qonunga xilof ravishda sotayotganida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O. va G.R. larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar