AsosiyJamiyat

Chinorni o`zboshimchalik bilan kesgan fuqaro bir yarim mln so`m to`ladi

'Chinorni o`zboshimchalik bilan kesgan fuqaro bir yarim mln so`m to`ladi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Shahrisabz shahar nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o`tkazildi.

Reyd davomida Shahrisabz shaxar Tutzor MFY xududida joylashgan «A`zam» ishlab chiqarish firmasini hududidan fuqaro J.Rustamov bir dona chinor daraxtini o`zboshimchalik bilan kesgani aniqlangan.

Fuqaro bu o`zboshimchaligi  uchun 1 mln 515  ming so`m ma`muriy jarimaga tortildi.

    Boshqa yangiliklar