AsosiyJamiyat

Isirqni qanday dardga shifoligini bilasizmi?

'Isirqni qanday dardga shifoligini bilasizmi?'ning rasmi

Isiriqni tanimaydiganlar oramizda bo`lmasa kerak, albatta. Lekin uning tibbiy xususiyatlarini to`la biladaginalar kam topiladi. Aynan shuni hisobga olgan holatda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati  isiriqning tibbiy xususiyalarini yana bir bor eslatmoqda.

 O`simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo`lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig`lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.

Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig` bo`lish mumkinligini birma-bir sanab o`tsak (Qancha sanasak ham sanog`iga etish qiyin)

Foydali jihatlari…

  • Isiriq o`tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og`rig`i yo`qoladi;
  • Isiriq urug`i qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig`ir urug`i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo`ladi;
  • Isiriqning shonalash davrida olinadigan o`ti va urug`lari davolashda ancha samarali hisoblanadi;
  • Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo`llash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi;
  • O`simlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi);
  • Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo`yish mumkin;
  • Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi;
  • Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug`i, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za`faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo`shilib kuniga bir mahal ichiladi;
  • Ich dam bo`lganda isiriqga, petrushka urug`ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo`ladi;

 

Isiriq peshob haydovchi, tish og`rig`i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud!

 

    Boshqa yangiliklar