1

Sergelida prokuror va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Jamiyat 02.02.2020, 20:10
Sergelida prokuror va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida o`tkazilgan uchrashuvida ularni madaniyat va san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta`minlashdek 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.

Aynan mazkur tashabbusning amaldagi ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 31 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Sergeli tumani prokuraturasi, tuman “Nuroniy” jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi “Afg`on veteran jangchi-faxriylari” birlashmasi tuman bo`limi, O`zbekiston Respublikasi “Afg`on veteran jangchi-faxriy nogironlari” birlashmasi tuman bo`limi, tuman madaniyat bo`limi, tuman xalq ta`limi bo`limi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamkorligida tuman prokurori va yoshlar o`rtasida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. 

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan qiziqchi Avaz Oxun, tuman xalq ta`limi bo`limiga qarashli 300-sonli umumta`lim maktabi o`qituvchi va o`quvchilari, Akademiya professor-o`qituvchilari va kursantlari, tuman mahalla faollari va faxriylari ishtirok etdi. 

Tadbirda so`zga chiqqan notiqlar tomonidan jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish davr talabi ekanligi hamda Qonun ustuvorligini ta`minlash, qonuniylikni mustahkamlash, yoshlarni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa  qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda jamoatchilikning o`rni muhim ekanligi, yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yo`lga qo`yish lozimligi ta`kidlandi. 

Shu bilan bir qatorda joriy yilning 24 yanvar kuni davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a`zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma`rifat, yuksak ma`naviyat kerak. Ilm yo`q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to`g`ri yo`ldan adashish bo`ladi” - degan g`oyat muhim iboralari alohida e`tirof etildi.

Tadbir so`ngida o`quvchi-yoshlarning turli qiziqarli chiqishlari hamda taniqli san`atkorlar tomonidan yangragan dil-tortar kuy navolar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 

 

O`zbekiston Respublikasi 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Akademiyasi Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1