1

Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi ishchi guruh Buxoroga tashrif buyurdi

Jamiyat 02.02.2020, 20:55
Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi ishchi guruh Buxoroga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasidan kelib chiqib, ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun tizimda islohotlarni davom ettirishni ta`minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Vazir boshchiligida sohaviy xizmatlar xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhlarning asosiy e`tibori hududiy ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini o`rganish, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta`minlash, jamoat tartibini saqlash va bu borada boshqa mutasaddi idoralar hamda jamoat tashkilotlari bilan xamkorlik natijalari bilan tanishish va amaliy yordam ko`rsatishga qaratildi.

Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta`minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo`nalishda viloyatda amalga oshirilgan ishlar o`rganilib, ularni izchillik bilan davom ettirish ham mutasaddilarning diqqat markazida bo`ldi. Buxoro viloyatiga tashrif doirasida Ichki ishlar vaziri G`ijduvon tumanida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va yangi tashkil etilgan ichki ishlar bo`limlarining faoliyati bilan tanishdi. 

Xodimlar bilan suhbat asnosida ular tomonidan xizmat hududlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning profilaktikasini barvaqt ta`minlash borasida yo`lga qo`yilgan faoliyat natijalari bilan o`rtoqlashdi. 

Quvonarlisi, tashrif doirasida Vazir bilan suhbatda bo`lgan, G`ijduvon tumani Chag`dari mahallasi oqsoqoli hududiy profilaktika inspektori leytenant U.Bo`riev bilan hamkorlikda mahalla hududida yo`lga qo`ygan tizimli ishlari natijasida 2019 yil davomida jinoyat sodir etililishi yo`l qo`yilmaganligini bildirganligi inobatga olinib, shu kunning o`zida Vazir buyrug`iga asosan G`ijduvon tumani IIO FMB 1-son Ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori leytenant Umid Bo`rievga muddatidan ilgari rag`batlantirish tariqasida “katta leytenant” maxsus unvoni topshirildi.

Ichki ishlar vaziri shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun avvalo aholi bandligini ta`minlash borasida mas`ullarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Ta`kidlash lozimki, jadal sur`atlarda rivojlanib borayotgan yurtimizda yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. 

O`z navbatida, muhtaram Prezidentimiz Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham yoshlar masalasiga alohida to`xtalib o`tilganligi, yangi O`zbekistonning yoshlariga berilayotgan e`tiborning yorqin namunasidir.

Bu mamlakat taraqqiyotini ta`minlash barobarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning erta oldini olishga ham xizmat qiladi.

Ichki ishlar vaziri yaqinda foydalanishga topshirilgan Romitan tumani ichki ishlar bo`limi binosidagi sharoitlar, xizmat jarayonlari bilan tanishar ekan mas`ul xodimlarga xizmat samaradorligini oshirishda avvalo yoshlar bilan ishlash yo`nalishiga ham jiddiy e`tibor qaratish lozimligini ta`kidladi. 

Har ikkala tumanda ham uchrashuvlar samimiy ruhda tashkillashtirildi. 

Suhbatlar chog`ida vazir yosh xodimlariga o`z ish tajribasi, xizmat faoliyati davomida sodir bo`lgan holatlar bo`yicha gapirib, ulardagi vatanga sadokat va fidoyilik tuyg`ularini mustahkamlash, xalq osoyishtaligini ta`minlash yo`lida sharafli mehnat qilish lozimligini, Buxoro ulug` allomalar, buyuk siymolar yurti ekanligini, ularga munosib voris bo`lish kerakligini uqtirdi. Ochik mulokot davomida yoshlar ham xizmat sifati va samaradorligini oshirish borasidagi o`z takliflarini bildirdilar. Tadbirda xizmat olib borish jarayonida yuqori natijalarga erishgan hamda hamkasblari orasida namunali xulq atvori bilan o`rnak ko`rsatgan bir guruh xodimlar munosib rag`batlantirilib, ularga faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi topshirildi. Shuningdek, yuqori ko`rsatkichga erishgan xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma taqdim qilindi. 

Ichki ishlar Vazirining Buxoro viloyatiga tashrifi to`liq tafsilotlari hususida batafsil ma`lumot beriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1