AsosiyJamiyat

Namanganda uch egizak tug`ildi. Ularga Ziroatxon, Saida va Shahnoza deb ism qo`yishdi

'Namanganda uch egizak tug`ildi. Ularga Ziroatxon, Saida va Shahnoza deb ism qo`yishdi'ning rasmi

Namangan viloyatining Chortoq tumanida uch egizak tug`ildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha tumanda yashovchi Adham Qodirovlar oilasida uch egizak tug`ilgan. E`tiborli jihati Adhamjon va Odinaxonlarning oilasida endi farzandlar soni 6 nafar bo`ldi va ularning barchasi qizlar.
Tuman hokimligining aytishicha hozirda chaqaloqlarning ahvoli yaxshi va bo`yi hamda vazni me`yorda o`smoqda. Hokimlik tomonidan oilaga qimmatbaho sovg`alar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Boshqa yangiliklar