Bugun AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida yoshlar uylarini olishi mumkin bo`lganlar toifasi haqida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining 1-o`rinbosari Akmal Jumaev 2020 yilda yoshlarga beriladigan imtiyozli uylar haqida shunday dedi:
- 2020 yilda yoshlar uchun imtiyozli uylar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi, ya`ni 16 foizli asosda 20 yilgacha beriladi. Bunday foizli uylar hozir hech qaerda berilmayapti. Bunda uylarning 20 yilgcha berilishini, bu yillarda inflyasiya darajasining oshishini, pulning qadrsizlanishini hisobga olib, buni ham yoshlarga bir imtiyoz deya baholashimiz mumkin. Birgina misol, Toshkent shahrining o`zida 3 xonali yoshlar uyi uchun taxminan 1,4 mln., 2 xonali uylar uchun esa 1,1 mln. so`m oyiga to`lab, o`ziga Vatan sifatida kirib, yashashi mumkin. lekin ochig`ini aytganda, bu narxlarda ijaraga uy olib ham yashab ham bo`lmaydi. Bu xayol qilib bo`lmaydigan narsa.






