AsosiyJamiyat

Katta yong`in bo`lgan Narpaydagi magistral gaz quvurining 1-tarmog`i ishga tushdi

'Katta yong`in bo`lgan Narpaydagi magistral gaz quvurining 1-tarmog`i ishga tushdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Samarqand viloyati Narpay tumani hududida katta yong`in sodir bo`lgan edi.

Ma`lum qilinishicha, Samarqand viloyati Zirabuloq magistral gaz quvurining 1- va 4- tarmoqlarida sodir bo`lgan yong`in oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Zirabuloq magistral gaz quvurining 1- tarmog`ida olib borilgan ta`mirlash ishlari yakunlandi va bugun soat 14.00 da ishga tushirildi. Ayni damda iste`molchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan ta`minlash yo`lga qo`yildi.

Gaz quvurining 4- tarmog`ida ta`mirlash ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi “O`ztransgaz” AJ Matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar