Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 13.00 larda fuqaro S.X tomonidan, Jizzax shahar, “Mustaqillik” ko`chasida joylashgan ko`p qavatli 14-uyning liftida ayolining homiladorligini bilgani holda, uni qasddan o`ldirish maqsadida o`zi bilan birga olib kelgan benzin yonilg`isini turmush o`rtog`ining ustiga sepib, o`ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan. Jizzax viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan Rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum bo`lishicha u turmush o`rtog`i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo`ganligini gumon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






