AsosiyJamiyat

O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi

'O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi'ning rasmi

“Raqs san`ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori (PQ–4585-son, 04.02.2020 y.) qabul qilindi...

Qarorga muvofiq, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat OTM shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tizimidagi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab akademiya tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirildi.

Qarorga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang`ich raqs san`ati maktab-internatlari tashkil etiladi. Akademiya va maktab-internatlarning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, akademiya kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning etuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta`limning o`zaro integrasiyasini ta`minlaydi, raqs san`ati bo`yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich raqs san`ati maktab-internatlarda ta`lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi.

Akademiya va maktab-internatlarning professor-o`qituvchilari, talabalari va o`quvchilari ijodiy faolligini yanada oshirish, ta`til davomida ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida 50 o`rinli oromgoh tashkil qilinadi.

Boshqa yangiliklar