AsosiyJinoyat

Qo`qondagi choyxonada janjal tufayli fuqaro sherigini qurol bilan otib tashladi

'Qo`qondagi choyxonada janjal tufayli fuqaro sherigini qurol bilan otib tashladi'ning rasmi

Bosh prokuraturaning matbuot kotib Hayot Shamsutdinovning bayon etishicha,  6 fevral kuni soat 00.10 larda Qo`qon shahar, General Uzoqov ko`chasida joylashgan choyxonda fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.

Janjal davomida, J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o`zida bo`lgan o`q otar qurol (ov miltig`i) dan ikki marotaba o`q otib, tan jarohati etkazgan va voqea joyidan yashiringan.  

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.  

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar