Bugun O`FF anjumanlar zalida O`zbekiston Futbol Federasiyasi yil yakunlariga ko`ra, turli nominasiyalar bo`yicha eng yaxshilarni aniqlash marosimi bo`lib o`tdi. Dastavval o`zbek futbolini rivojlantirish yo`lida mehnat qilgan futbol faxriylari va arboblari O`FF ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar, deya yozadi sports.uz nashri.
Sirojiddinov Fazliddin - O`zbekiston futzal uyushmasi prezidenti;
Usmonov Jahongir Mirbarorovich - O`zbekiston Futzal uyushmasi vise-prezidenti;
Miroman Kim - "Andijon" ayollar klubi bosh murabbiyi;
Gali Imomov - futbol faxriysi, sobiq futbol hakami;
Abdualiev Habibulla - futbol faxriysi.
Nominasiyalar g`oliblari bilan tanishing:
FAIR PLAY - Halol o`yin nominasiyasi g`olibi - "Olmaliq" futbol klubi;
"Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" - Islom Kenjaboev (Navoiy viloyati);
"O`zbekistonning eng yaxshi yosh bolalar murabbiyi" - Temur Olimxo`jaev;
"Yilning eng yaxshi futzalchisi" - Artur Yunusov, O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, klublar o`rtasidagi Osiyo Chempionati bronza medali sohibi;
"Yilning eng yaxshi hakami" - Ravshan Ermatov, Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami;
Yilning eng yaxshi yon qanot hakami - FIFA laynsmeni Abduhamidullo Rasulov;
O`zbekiston chempionatining eng yaxshi to`purari - Artur Gevorkyan (“Nasaf” hujumchisi);
O`zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi va O`zbekistonning eng yaxshi murabbiyi - Samvel Babayan (“Paxtakor” bosh murabbiyi);
O`zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi - Jamshid Iskanderov (“Paxtakor” yarim himoyachisi);
O`zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi - Zebo Jo`raeva, "Sevinch" (Qarshi);
O`zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi - Odil Ahmedov.