AsosiyJamiyat

Moskvada ikki go`dagi bilan hujjatsiz qolib ketgan o`zbekistonlik ayolga yordam beriladigan bo`ldi

'Moskvada ikki go`dagi bilan hujjatsiz qolib ketgan o`zbekistonlik ayolga yordam beriladigan bo`ldi'ning rasmi

Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo`limi Moskva shahrida ikki nafar voyaga etmagan farzandi bilan hujjatsiz qolib ketgan O`zbekiston fuqarosi S.Sh. to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deya ma`lum qildi TIV. 

U doimiy ravishda diplomatik missiyaga murojaat qilgan, lekin zarur hujjatlarnirasmiylashtirish uchun Elchixonaning qo`ng`iroqlariga javob bermagan.

Hozirgi paytda ushbu ayol bilan aloqa o`rnatilgan hamda u va uning farzandlarini vatanga qaytarish bilan bog`liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar