AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda qishloq xo`jaligi bo`limi rahbarining kirdikorlari fosh etildi

'Yangiyo`lda qishloq xo`jaligi bo`limi rahbarining kirdikorlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Z.Y.ning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

U tumanidagi “V.I.B.” fermer xo`jaligiga ajratilgan er maydonidan 0,30 ga sug`oriladigan qismini boshqa shaxslarning nomiga o`tkazib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fermer xo`jaligi rahbari Sh.V. orqali 3 nafar fuqarolardan 38 400 AQSh dollarini olgan. Ushbu mablag`lar hisobidan uy joy va er maydoni xarid qilib, o`zining haydovchisi va qishloq xo`jaligi bo`limi mutaxassisi A.S.ning nomiga rasmiylashtirish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

AYni paytda mazkur holat yuzasidan Z.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar