AsosiySPORT

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purariga aylandi

O‘zbekistonlik hujumchi penaltisiz gollar soni hamda gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ligada eng yaxshi natijani qayd etdi.

'Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida mavsum to‘purariga aylandi'ning rasmi

Turkiya chempionatida mavsum yakunlari ma’lum bo‘ldi. So‘nggi turda Trabzonspor hujumchisi Pol Onuachu gol ura olmadi va natijada Eldor Shomurodovni quvib o‘ta olmadi. Nigeriyalik futbolchi oxirgi besh uchrashuvda gol urmagan bo‘lsa, Shomurodov so‘nggi olti o‘yinda olti bor darvoza to‘rini ishg‘ol qildi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik hujumchi penaltisiz gollar soni hamda gol+pas ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ligada eng yaxshi natijani qayd etdi.

Shomurodov Yevropa ligalarida mavsum to‘purari bo‘lgan ikkinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Undan avval Maksim Shatskix 2000 va 2003 yillarda Ukraina Premyer-ligasi to‘purari bo‘lgan edi.

    Boshqa yangiliklar