AsosiyJamiyat

Bu virus aprel-may oylaridayoq engiladi, bizga vaksina ham zarur bo`lmaydi — Nurmat Otabekov

'Bu virus aprel-may oylaridayoq engiladi, bizga vaksina ham zarur bo`lmaydi — Nurmat Otabekov'ning rasmi

Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov yurtimizda koronavirus bilan bog`liq anyi paytdagi vaziyat bo`yicha navbatdagi munosabatini bildirdi

«Bilasizmi, mana shunday murakkab vaziyatlarda turli bashoratchilar ham ko`payib qoladi. Nemis olimlarining iqtidoriga shubha qilmagan holda ilmiy salohiyati ulardan kam bo`lmagan boshqa davlat olimlarining xulosalarini sizga aytmoqchiman – bu virus aprel-may oylaridayoq engiladi va insoniyat bu darddan forig` bo`ladi.

O`rni kelganda sizga bir ma`lumotni aytmoqchiman – har yili Germaniyada gripp kasalligidan 25 mingdan ortiq odam nobud bo`ladi. Holbuki, bu davlatdagi koronavirusdan o`lim ko`rsatkichi 1 foizdan sal ortiqroq. Evropadagi eng ko`p o`lim ko`rsatkichi Italiyada ekanligining ham sabablari aniq – bu davlat aholisi orasida keksalar juda ko`p. Bu kasallik asosan keksalarda og`ir kechayotganini hisobga olsak hammasi ravshan bo`ladi. COVID-19 har qancha shov-shuvlarga sabab bo`lmasin, 80 foiz hollarda juda engil va hatto umuman simptomlarsiz kechadi. 15 foiz hollarda engil, faqat taxminan 5 foizda og`ir kechadi. Shu 5 foizning ham 90 foizi keksalardir.

O`ylaymanki, tez orada bu ham oddiy kasallikka, ya`ni organizmimiz o`rgangan shtammlardan biriga aylanadi va bizga vaksina ham zarur bo`lmaydi».

    Boshqa yangiliklar