So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga etdi.
Eslatib o`tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.