Toshkent-Namangan yo`nalishida yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi haydovchilar Namangan shahar G`alaba ko`chasida joylashgan Toshkent bekati oldidagi yo`lning qatnov qismiga avtomashinalarini qo`yib, boshqa xaydovchilarning erkin harakatlanishiga halaqit qilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu haydovchilar belgilanmagan joydan piyoda sifatida qatnov qismini kesib o`tib, YHQlarida belgilangan vazifa va majburiyatlarini bajarmayotganliklari bo`yicha haydovchilarga viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Belgilangan joyda yo`lovchi olish va yo`l qoidalariga to`liq amal qilishlari bo`yicha ogohlantish berildi. Kelgusida xaydovchilar tomonidan bu kabi holatlarga yo`l qo`yilgan taqdirda ularga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy chora ko`rilishi qat`iy tushuntirildi. Vaziyatni doimiy nazorat qilib borish maqsadida bir nafar YPX inspektori ushbu xududga jalb etildi.