Turkiya Suriyaning yangi hukumatiga 300 ming kishilik muntazam armiya tuzishda yordam beradi. Uni shakllantirishda turkiyalik harbiy maslahatchilar va mutaxassislar ishtirok etadi. Bu haqda Turkiye gazetasi xabar berdi.
“Maqsadimiz – bir yil yoki bir yarim yil ichida 300 ming kishilik armiya tuzish, mamlakat ichidagi qiyin vaziyat va Isroil tahdidi buni zaruratga aylantirmoqda”, dedi arab respublikasining yangi rahbariyati vakili, general Ahmad Usmon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda 70-80 ming kishidan iborat qurolli kuchlar o‘zagi shakllantiriladi va eng qisqa vaqt ichida ularning soni 150-200 mingga yetkaziladi. “Tuziladigan armiya Idlibdan “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSH, Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) guruhidan 40 mingga yaqin ishtirokchi, 50 ming SXA askarlari (Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya xalq armiyasi), shuningdek, rejim [sobiq prezident Bashar Asad] jinoyatlariga aloqador bo‘lmagan harbiylar va razvedka xodimlaridan iborat bo‘ladi. Turkiyaning ushbu bosqichda harbiy yordami alohida ahamiyatga ega, dedi Usmon.
Turkiyening ma’lumotlariga ko‘ra, turk harbiy kontingenti Suriyadagi beshta muhim nuqtalarga joylashtiriladi.