AsosiyJamiyat

O`zMTRK "dostavka" xizmatlari reklamasini bepul deb e`lon qildi

'O`zMTRK "dostavka" xizmatlari reklamasini bepul deb e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqaror bo`lguniga qadar zarar mahsulotlar va xizmatlarni uyga etkazish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlarini bepul reklama qiladi. Bu haqda O`zMTRK rahbari Alisher Xodjaev Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

"Zarur mahsulotlar va xizmatlarni uyga etkazish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlari haqidagi reklama e`lonlari epidemiologik vaziyat barqaror bo`lguniga qadar MTRK telekanallarida bepul joylashtiriladi. Murojaat uchun telefon/telefon: +99897-414-44-33", — deb xabar qoldirgan O`zMTRK rahbari.

Uning qayd etishicha, ushbu qaror «xalqimizni koronavirusga qarshi kurashda yanada qo`llab-quvvatlash hamda yurtdoshlarimiz hozirgi davrda uyda o`tirishlarini rag`batlantirish maqsadida» qabul qilingan. 

    Boshqa yangiliklar