AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Dilshod Kenjaev bilan onlayn brifing bo`lib o`tdi.
Brifing "UzReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Unda aholi vakillari o`zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Onlayn muloqotda quyidagi savolga ham atroflicha javob qaytarildi.
Savol: Bitiruv imtihonlari qachon o`tkaziladi, harbiy institutga topshirmoqchiman u erga medosmotr va imtihon oldinroq topshiriladi endi nima bo`ladi yoki keyinga surilishi mumkinmi?
Javob: Amaldagi tartibga ko`ra, o`quv yili 25 mayda yakunlanadi. 26 maydan 15 iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari o`tkaziladi.
Hozircha, bitiruv imtihonlari muddatini uzaytirish rejalashtirilmagan.
Xalq ta`limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar (OTV, Mudofaa, DTM) bilan kelishgan holda bitiruvchilarning oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirishlariga to`liq imkoniyat yaratilishiga barcha choralarni ko`radi.






