AsosiyJamiyat

«O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hamyurtlarimizni koronavirusga qarshi aksiyada qatnashishga chaqirmoqda

'«O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hamyurtlarimizni koronavirusga qarshi aksiyada qatnashishga chaqirmoqda'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasi O`zbekistonni ham chetlab o`tmadi. Hududimizda ham kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda. Virus aholi orasida keng tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat miqyosida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu murakkab vaziyatda pandemiyaga qarshi kurashga barcha davlat tashkilotlari bilan bir qatorda jamoat birlashmalari, tadbirkorlar, aholi vakillari ham hissa qo`shishga harakat qilishyapti.  

«O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hamyurtlarimizni koronavirusga qarshi aksiyada ishtirok etishga chaqirmoqda. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona «O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga (quyidagi hisob raqamlarga) mablag` o`tkazish yo`li bilan  o`z hissasini qo`shishi mumkin. Bu mablag`lar O`zbekiston Respublikasi Bosh shtabi tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish va qisqa fursatlarda bartaraf etishda ko`maklashish uchun sarflanadi.

Shuning munosabat bilan yurtimizdagi telekanallar hamkorligida haftalik telemarafon boshlanmoqda. Uning xalqimizga foydasi tegishiga ishonamiz. Ushbu taklif va fikrlarga qo`shilasiz va befarq bo`lmaysizlar, degan umiddamiz. Qo`shimcha takliflar, tashabbuslar bo`lsa, hamkorlik qilishga tayyormiz", deyiladi jamoat fondi murojaatida.

 «O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:  

- 20 212 000 4001 0173 4001 (so`mdagi);

- 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollaridagi);

- 20 212 978 0001 0173 4001 (Evrodagi).

Bank nomi: “Ipoteka-bank”, Mehnat filiali;

MFO: 00 423, INN: 200 897 248, OKONX: 98 600.

Manzil: 100027, Toshkent sh, Shayxontoxur tumani, k. Furqat, 1 uy;

Telefon: 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59;

Elektron manzil: mehr@info.uz.

Boshqa yangiliklar