AsosiyJamiyat

23 mart holatiga Toshkent viloyati xududida koronovirusni yuqtirib olganlar 9 nafarni tashkil etdi

'23 mart holatiga  Toshkent viloyati xududida koronovirusni yuqtirib olganlar 9 nafarni tashkil etdi'ning rasmi

23 mart holatiga  Toshkent viloyati xududida koronovirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar 9 nafarni tashkil etdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga ko`ra,  viloyatda infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o`tar kechasi  Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi "Bo`ston" sanatoriyasiga joylashtirilgan. Ular 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni karantindan chiqarilgan.

21 mart kuni 243 nafar Rossiya Federasiyasidan kelgan fuqaro “Nazarbek” sihatgohiga joylashtirildi. Ularga 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi.  

23 mart kuniga Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo`lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.  

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati 

    Boshqa yangiliklar