AsosiyJamiyat

Surxondaryoda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan shaxsga 1.115.000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi

'Surxondaryoda koronavirus haqida mish-mish tarqatgan shaxsga 1.115.000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” degan xabar tarqagan.

Surxondaryo viloyati IIB  Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan qo`shimcha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida “Telegram” messenjerida “@GroupSurxondaryo” deb nomlangan guruhga yolg`on ma`lumot tarqatgan “A N Z O R” nomli profil egasi va foydalanuvchisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shaxobchalarining birida sotuvchi bo`lib ishlab kelayotgan fuqaro Anzorjon Berdiqulov ekanligi aniqlandi.

Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma`muriy ishlar bo`yicha Termiz shahar sudiga yuborildi.

23 mart kuni Ma`muriy ishlar bo`yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko`ra, fuqaro Berdiqulov Anzorjon Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 205-moddasida ko`rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari, ya`ni 1.115.000 (bir million bir yuz o`n besh ming) so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

    Boshqa yangiliklar