1

Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida karantin qoidalarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Jinoyat 25.03.2020, 11:17
Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida karantin qoidalarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati, Chust tumani, Mash`al ko`chasida yashovchi fuqaro M.A. 21 mart kuni o`zboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etdi. Qarshi shahar, “Oqtepa” MFY, G`uzor ko`chasida yashovchi fuqaro Ch.A. karantin davrida 21 mart kuni “KOLORADO” nomli kafesini; va Qarshi shahar, “Gungon” MFY, Xonobod ko`chasida yashovchi fuqaro X.A. karantin davrida 21 mart kuni “Sahovat” nomli choyxonasini yuritib kelganligi karantin qoidalarini buzganligi uchun qonuniy chora ko`rildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ularga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma`muriy tartibda jazolandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1