AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ipoteka bo`yicha boshlang`ich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi

'O`zbekistonda ipoteka bo`yicha boshlang`ich badal va foizlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi'ning rasmi

“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi. 

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

* uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang`ich badal va (yoki) foizlarning bir qismi Respublika Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi;

* uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza beriladi, ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar bo`yicha baholanadi;

* tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlash bo`yicha komissiyalar faoliyati tashkil etiladi va ijtimoiy mezonlar bo`yicha baholash natijalari ko`rib chiqiladi;

* sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo`yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to`lab berish tartibi belgilandi.

 Qarorga ko`ra:

* Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo`linmalari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko`rsatiladigan xizmatlar;

* tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to`lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma`lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to`lovlarsiz amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar