1

Rossiyadan keluvchi charter reyslarga aviachipta olib beraman deb, yurtdoshlarimizni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo`ldi

Jinoyat 26.03.2020, 21:19
Teglar: firibgarlar, bilet
Rossiyadan keluvchi charter reyslarga aviachipta olib beraman deb, yurtdoshlarimizni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo`ldi

O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi charter reyslarga aviachipta olib beraman deb vatandoshlarimizni chuv tushirayotgan firibgarlar paydo bo`lganidan ogohlantirmoqda. Elchixona Rossiyadagi o`zbekistonliklarni ogohlikka chaqirish maqsadida quyidagi murojaatni e`lon qildi:

Hurmatli vatandoshlar!

O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasida transport aloqasining to`xtatilishi munosabati bilan so`nggi kunlarda o`zini O`zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi xodimlari sifatida tanishtirib respublikamizga charter reyslari uchun aviachiptalarni sotib olishni taklif qilayotgan firibgarlar soni keskin ortdi. Ular to`lovni oldindan va faqat bank kartasida amalga oshirilishi talab qilmoqdalar.

Shuni e`tiborga olish kerakki, Elchixonasi aviabiletlar sotish bilan shug`ullanmaydi va xodimlarimiz hech qachon kartaga pul o`tkazish talab qilinmaydi.

Bu kabi firibgarlar bergan e`lonlarni va ularning takliflarini e`tiborsiz qoldiring.

Barcha charter va/yoki boshqa reyslarga aviachiptalarni faqat "Uzbekistan Airways" AJ rasmiy agentlaridan sotib olish lozim. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1