1

Koronavirusga qarshi jangning raqamlardagi ifodasi

Jamiyat 26.03.2020, 23:42
Teglar: koronavirus. pandemiya
Koronavirusga qarshi jangning raqamlardagi ifodasi

👉Koronavirus infeksiyasi 190 dan ziyod mamlakatga tarqalib, pandemiyaga aylandi.  

👉Kasallanganlar soni 450 mingdan, vafot etganlar 21 mingdan oshdi.

👉O`zbekistonda mazkur koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 nafarga etdi. Jumladan, 11 nafar shifokor ushbu virusni yuqtirib olgan.

👉Pandemiyaga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasiga 10 trillion so`m miqdorida mablag` yo`naltirildi.

👉11 ta tibbiyot muassasasi va 97 ta sihatgoh, oromgoh va yotoqxonalar karantinga ixtisoslashtirildi.

👉Ushbu virusli infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida uy sharoitida 80 mingga yaqin, stasionarda 12 ming nafar fuqaro karantinga olingan.

👉Pandemiyaga qarshi kurashish bo`yicha 100 ming atrofida tibbiyot xodimlari mobilizasiya qilindi.

👉Oxirgi 10 kun ichida amalga oshirilgan 20 ta charter reys bilan 11 davlatdan 4 mingga yaqin fuqarolarimiz olib kelindi.

👉Qo`shni davlatlar bilan chegaralarimizdan 80 mingdan ortiq vatandoshlarimiz o`tkazilib, karantinga olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1