Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, insonlar hayotini saqlab qolish, uning iqtisodiyotga salbiy ta`sirini yumshatish yo`lida Hukumat tomonidan qat`iy choralar ko`rilmoqda.
E`tiborlisi, necha ming yillardan buyon qiyin kunlarda elkama-elka turib, bir-birini qo`llab-quvvatlagan xalqimiz bugun yana bir sinov oldida jipslashmoqda.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi ham koronavirusga qarshi davlat va jamoat tashkilotlarini ezgu maqsad yo`ilda birlashtirgan xayriya aksiyasiga qo`shildi.
Institutning professor-o`qituvchilari va ishchi-xodimlari ixtiyoriy ravishda o`zlarining bir kunlik ish haqlarini “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg`araz yordam tariqasida o`tkazib berdilar.