AsosiyJamiyat

Nurmat Otabekov: “Mayit xavf tug`dirsa, ehtiyot chorasini ko`rish zarur”

'Nurmat Otabekov: “Mayit xavf tug`dirsa, ehtiyot chorasini ko`rish zarur”'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorat davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov koronvirusdan vafot etganlarning jasadi qarindoshlariga berilmasligi haqidagi savolga javob berdi.

“Bunday tartib hech qaerda yo`q. Koronavirusdan vafot etgan bo`lsa, uni dafn qilish, dafn qilish marosimida ishtirok etish, dafnga tayyorlash ishlariga alohida talablar qo`yilgan. Bu talab dinimizda, Qur`onda ham keltirilgan. 

Mayit tiriklarga xavf tug`dirishi ehtimoli bo`lsa, ehtiyot chorasini ko`rish to`g`risida ko`rsatmalar mavjud. Shu nuqtayi nazardan qarindoshlariga berilmasak ekan degan fikr butunlay noto`g`ri. Faqat ularni dafn etish marosimiga alohida talablar mavjud ekanini bilishi kerak bo`ladi”, - dedi Nurmat Otabekov.

Boshqa yangiliklar