AsosiyJamiyat

Nyu-Yorkda yana bir O`zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi

'Nyu-Yorkda yana bir O`zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020-yil 6-aprel kuni 1969-yilda tug`ilgan mamlakatimiz fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi, deya xabar qildi TIV.

Aniqlanishicha, 22-mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan, uning sog`lig`i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o`pkani sun`iy shamollatish apparatiga ulangan va sun`iy komaga tushirilgan.

Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo`lib turdi.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog`liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etadi va AQShda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Nyu-York shahrining Bruklin tumanida 50-60 yoshlardagi ikki o`zbekistonlik koronavirusdan vafot etgan edi.

Boshqa yangiliklar