AsosiyDunyo

AQSh tarixida ilk bor umumiy ofat holati e`lon qilindi

'AQSh tarixida ilk bor umumiy ofat holati e`lon qilindi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp nihoyat Vayoming shtatida ham yirik ofat holatini qayd etdi. Shunday qilib, Amerika tarixida birinchi marta barcha shtatlarda yirik ofat tartibi amalga kiritildi. Bu haqda Oq uy vakili Jadd Dir ijtimoiy tarmoq orqali ma`lum qilgan.

“Mamlakat tarixida ilk bor prezident barcha 50 shtatda bir vaqtning o`zida yirik ofat tartibini joriy etdi“, — deyiladi xabarda.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qo`shma Shtatlarda koronavirusga uchragani aniqlangan shaxslar 519 453 nafar. Ulardan 20 071 kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Shanba kuni AQSh COVID-19 qurbonlari soni bo`yicha Italiyani ortda qoldirib, birinchi o`ringa chiqdi.

Eslatib o`tamiz, so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`yicha kasallanganlar soni 1 776 157, 108 862 kishi vafot etgan, 402 903 sog`aygan. Statistikaga ko`ra, koronavirusdan zaralanish ko`rstkichi AQShda eng yuqori bo`lib qolmoqda.

Eslatib o`tamiz, ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 796  nafarni tashkil etmoqda.

  27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

8 aprel kuni koronavirusga chalingan chirchiqlik 40 yoshli bemor vafot etdi.

11 aprel kuni Farg`ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi, Umra safarida bo`lib qaytgan 59 yoshli fuqaro koronavirus xastaligidan vafot etdi.

Ma`lumot uchun: Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar