AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kiyim-kechak, xo`jalik mollari va nooziq-ovqat buyumlarini sotish sayyor tarzda tashkil etiladi

'O`zbekistonda  kiyim-kechak, xo`jalik mollari va nooziq-ovqat buyumlarini sotish sayyor tarzda tashkil etiladi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida bir qator o`zgartirishlar kiritilmoqda.  

Xususan:

* joylarda kiyim-kechak, xo`jalik mollari, ko`chatlar, urug`lar kabi nooziq-ovqat buyumlar savdosi sayyor shaklda tashkil etiladi;

* strategik muhim yo`nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlari (ob`ektlar)ning faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi;

* ularga xizmat ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlarining shaxsiy avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi;

* etkazib berish xizmatini ko`rsatuvchi yo`nalishsiz taksilar haydovchilari “maxsus kombenizon”, tibbiy qo`lqop va maskalarda faoliyat olib boradi va boshqalar.

Avvalroq, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq O`zbekistonda karantin muddati 10 mayga qadar qilib belgilangan edi.

    Boshqa yangiliklar