Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1627 nafarga etdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami 261 nafar bemor to`liq sog`aydi. Vafot etganlar soni 5 nafarga etdi.
Karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilganlar 80 mingdan oshib ketdi.
Prezident «Saxovat va ko`mak» umumxalq harakatini yo`lga qo`yish tashabbusi ilgari surdi. Unga asosan, biznes muhtoj oilalarga yordam ko`rsatadi, davlat esa biznesga imtiyozlar beradi.
Koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin yumshatiladi. Asalarichilar Toshkent viloyatidagi karantin postlaridan to`siqsiz o`tadigan bo`ldi
Byudjet xodimlarining oyligini qisqartirish echim emas, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov.
38 davlat bilan xalqaro aviapochtalar jo`natish tiklandi.
O`zbekistonda bo`lib turgan chet el fuqarolariga berilgan viza 1 iyunga qadar uzaytirildi.
Karantinga rioya qilishda Toshkent MDH dagi shaharlar ichida eng intizomli deb topildi (video






