2020/2021 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalarida tasviriy va amaliy san`at hamda dizayn yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta`sis etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoev 21 aprel kuni imzolagan “Tasviriy va amaliy san`at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorda belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil oktyabr oyida buyuk musavvir va naqqosh Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlanadi.
Kamoliddin Behzod xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining ko`chalaridan biriga uning nomini beriladi.
Yosh iste`dodli ijodkorlarni aniqlash va ularni qo`llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy san`ati asarlari ijodiy tanlovi tashkil etiladi va uni har yili o`tkazib boriladi.
Shuningdek, 2020 yil 15 sentyabrga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyi xiyobonini zamonaviy qiyofada qayta tashkil etish va uning hududidagi Kamoliddin Behzod haykalini 2022 yilda bronzaga o`tkazish;
2020 yil 1 oktyabrga qadar Kamoliddin Behzod hayoti va ijodi hamda uning Sharq tasviriy san`atiga qo`shgan beqiyos hissasiga bag`ishlangan hujjatli filmning tayyorlash vazifasi topshirildi.






