Xalqimiz sabr va shukr bilan uyda o`tirgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda beqiyos ko`mak berishayotgan bo`lishsa, shifokorlarimiz koronavirus bilan xastalangan bemorlar dardiga malham bo`lib, o`zlarining ulkan hissalarini qo`shishmoqda.
Jumladan, ayni shu soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 26 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog`aydi. Ular viloyat sog`liqni saqlash boshqarmalari mas`ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatilmoqda.
Sog`ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Bemorlarning 5 nafari erkak, 21 nafari ayollardir. Ularning 1 nafari xorijdan kelgan, qolgan 25 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo`lsa, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so`nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo`qligini ko`rsatdi.
Hozirga qadar viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 21 nafar bemor sog`aygan bo`lsa, endilikda ular 47 nafarga etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ahamiyatli jihati, kecha 96 nafar bemor, bugun esa, hozircha, 93 nafar bemor tuzalib, o`tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog`ayib chiqishdi.
Shunday qilib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 450 nafarni tashkil etmoqda.