1

Termizlik giyohvandfurush 20 yilgacha qamalishi mumkin

Jinoyat 12.05.2020, 16:13
Termizlik giyohvandfurush 20 yilgacha qamalishi mumkin

8 may kuni Termiz shahar “Alpomish” mahallasidagi “X.Do`stligi” ko`chasida yashovchi fuqaro 37-yoshli A.Ya., “X” ismli shaxsga 2,56 gramm giyohvandlik vositasini 900 000 so`m evaziga sotayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma`lum qilmoqda. 

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra A.Ya.dan ashyoviy dalil tariqasida olingan modda tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo`lib, u “Gashish” nomli giyohvand vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan Termiz shahar 4-sonli IIB Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasining 5-qismi (giyovandlik vositalari ko`p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat kodeksida ko`rsatib o`tilgan 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1