AsosiyJamiyat

Maktab imtihonlari bekor qilindi

'Maktab imtihonlari bekor qilindi'ning rasmi

Karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo`shimcha qulaylik yaratish bo`yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko`pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o`quv yili yakunidagi imtihonlarni bekor qilinadi. Bu haqda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov xabar qildi.

"Maktablarga o`quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o`quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o`qigan o`quvchilarimizga rag`batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida «onlayn-maktab» orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz!" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar