AsosiyJamiyat

2015 YILDA OLIY TA‘LIM MUASSASALARIDA TO`LOV-KONTRAKT ASOSIDA O`QITISh QIYMATINING OShIRILIShIGA TAALLUQLI ShARH

2015 yilning 1 centyabridan oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymati miqdorlarining 15 foizga oshganligi sababli O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi talabalar va ularning ota-onalari e`tiboriga quyidagi ma`lumotlarni etkazadi.

O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan oliy ta`lim tizimiga muvofiq, test sinovlari natijalariga ko`ra eng yuqori ballar to`plagan talabalar davlat granti bo`yicha bepul (o`qishga qabul qilinganlarning o`rtacha 33 foizi) o`qiydilar. O`z navbatida qabul kvotalari doirasida “o`tish” ballarini to`plagan talabalar esa, ularni o`qitishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplashni nazarda tutuvchi to`lov-kontrakt shakli asosida o`qiydilar.

Shu bilan birga talabalarga, ularning davlat granti yoki to`lov-kontrakt shakli asosida o`qishidan qat`iy nazar, har oyda stipendiya to`lab boriladi. Ko`rsatib o`tish joizki, xorijiy davlatlarda talabalarga har oylik stipendiyalar to`lanmaydi.

Hozirgi vaqtda stipendiyaning o`rtacha oylik miqdori 300 ming so`mni yoki yiliga 3,6 mln. so`mni tashkil etadi va u o`qitish qiymati kontrakt miqdoriga to`liq kiritiladi. Bunda to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatining 40-60 foizini stipendiya tashkil etadi, ya`ni talabaga o`zi tomonidan o`qish uchun to`langan mablag`ning taxminan yarmi o`quv yili davomida oylik stipendiya ko`rinishida qaytariladi. Bu mexanizm talabalarning o`qishiga ziyon keltirgan holda pul ishlashga vaqt sarflamasdan, butun diqqat-e`tiborlarini ta`lim olishga qaratishlariga imkon yaratadi.

Yuqoridagilarga asosan yangi o`quv yilida to`lov-kontrakt qiymati miqdorini indeksasiya qilishda, asosiy omil sifatida, o`tgan o`quv yilida stipendiya va o`qituvchilarning ish haqi miqdorlarining 23,2 foizga, to`lov-kontrakt miqdorlarining esa atigi 10 foizga oshganligi, aniqrog`i oliy ta`lim muassasalari xarajatlari ularning tushumlaridan tezroq o`sganligi inobatga olindi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:56

    Toshkent — Urganch reysidagi holatga aviakompaniya rasmiy izoh berdi.

    'Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:03

    Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Bu fayzli bayram har bir xonadonga tinchlik va qut-baraka olib kirsin

    'Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 16:44

    Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”

    Rasmiy bayonotga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari sulh kuchga kirganidan keyin ham “noqonuniy va asossiz harakatlarini” davom ettirgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 15:21

    'Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 13:12

    Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda

    Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin.

    'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 05:50

    Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

    Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.