1 iyun soat 06:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Jamiyat 01.06.2020, 06:00
1 iyun soat 06:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 2837  nafar fuqaro  kasallikdan sog`aydi. Shuningdek, ushbu xastalikdan hozirga qadar 15 kishi vafot etdi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi. Ushbu qaror bilan hududlarga rang toifasiga ko`ra, qanday faoliyatlarga ruxsat berilishi e`lon qilindi.

"Yashil" hududlarda avtobuslar harakati, sport mashg`ulotlari, tomoshabinsiz futbol o`yinlari va boshqalarga ruxsat berildi. Shuningdek, oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkazishga ruxsat beriladi.

Qaror bilan barcha hududlarda toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi.

O`zbekistonda bugundan boshlab, 1 sentyabrga qadar shaxsiy mashinalarda viloyatlararo harakatlanishga qat`iy cheklov qo`yildi.

Kecha Kitob tumanida ilk marta kronavirus bilan kasallanganlik  bo`yicha  gumonlanish holati qayd etilgani, gumonlanuvchi ko`plab fuqarolar bilan muloqotda bo`lganligi munosabati bilan EHTIYoT ChORASI SIFATIDA tuman hududi to`liq karantinga yopildi.

Shofirkon tumanida koronavirus tarqalishi xavfi kuchaygani sabab tumanda karantin ehtiyot choralari vaqtincha kuchaytirildi.

Kecha, 31 may soat 6:00dan boshlab Urgut tumanida karantin qoidalari kuchaytiriladi. Stikerli mashinalarning erkin harakati bekor qilindi.

Payariqda koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy qismi tibbiyot xodimlari ekani ma`lum bo`ldi.

Koronavirusga chalingan "O`rikzor" bozori sotuvchisining o`g`li va qizida ham infeksiya aniqlandi.

"Farhod" bozori 1 iyundan boshlab 15 kunga yopilishi haqida xabarlarga rasmiylar aniqlik kiritildi.

Air India samolyoti O`zbekiston havo hududidan qaytib ketdi.

O`zbekistonlik yosh muhandislar o`pkani sun`iy ventilyasiyalash apparati prototipini yaratdi.

Bugun, soat 05:00dan Samarqandda maxsus texnika hamda boshqa kuch vositalari yordamida keng qamrovli dezinfeksiya tadbiri boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1