5 iyun soat 07:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Jamiyat 05.06.2020, 07:00
5 iyun soat 07:00: O`zbekistonda epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

Ayni paytda O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3939  nafarni tashkil etmoqda. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 16 nafar bemor vafot etgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra:

15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi;

"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi;

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda BUYuM BOZORLARI faoliyatiga ruxsat berilmoqda;

15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi;

"yashil" hududlarda masjidlarda namoz o`qishga ruxsat berildi;

Bugundan O`zbekistonda mehmonxona, sanatoriy, oromgoh, plyaj va basseynlar ishga tushadi;

Shuningdek, Maxsus komissiya qarori bilan toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi.

Janubiy Koreyadan O`zbekistonga oltinchi bor gumanitar yordam keldi

BAAda og`ir ahvolda qolgan 271 nafar hamyurtimiz O`zbekistonga olib kelindi.

Bugun "Toshkent – Moskva – Toshkent" charter reysi tashkil etiladi.

Kechadan "O`rikzor" bozori yana ochildi.

Pandemiya sabab bu yilgi OTMga qabul qilish va kirish imtihonlari jarayonlariga o`zgartirishlar kiritildi. Unga ko`ra:

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo`ladi.

Respublika OTMga kirish uchun abiturientlar 15 iyundan 15 iyulgacha onlayn ro`yxatdan o`tadi.

Test sinovlari karantin qoidalariga qat`iy rioya etilgan holda o`tkaziladi.

So`xlik yoshlar oliy o`quv yurtlariga qabul qilinishi uchun 500 ta kvota ajratiladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi.

Bu yil hujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisi attestat olishi shart emas bo`ldi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1