1

"Archa ko`cha"dagi ommaviy pichoqbozlikda ishtirok etgan yana bir yigitning ahvoli og`irlashdi. Qo`shimcha ma`lumot

Jinoyat 09.06.2020, 12:45
"Archa ko`cha"dagi ommaviy pichoqbozlikda ishtirok etgan yana bir yigitning ahvoli og`irlashdi. Qo`shimcha ma`lumot

Avvalroq Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo`lida (Archa ko`cha) yoshlar o`rtasida janjal yuzaga kelib, ommaviy pichoqbozlik bo`lgani, oqibatda ikki nafar yigit yaralanib, shifoxonaga etkazilgani va ulardan biri vafot etgani haqida xabar qilingandi. 

Shundan so`ng, voqea yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Darakchi"ga ma`lum qilishicha, pichoqbozlik Uchtepa tumani joylashgan «5+» nomli dorixonadan tushadigan daromad yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilik sabab yuzaga kelgani aniqlangan edi. 

Ayni paytda Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, ommaviy pichoqbozlikda qatnashgan yana bir yigitning ahvoli og`ir deya baholanmoqda. Shuningdek, yana ikki nafar yigitlarga og`ir tan shikastlari etgan.

Mazkur fakt asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 moddasi («Qasddan odam o`ldirish») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Dastlabki tergov bilan prokuratura organlari shug`ullanmoqdalar.

Bugun hodisaga aloqador bir nechta shaxslar qo`lga olindilar. Qolganlarning shaxslarini aniqlash va qo`lga olish choralari ko`rilmoqda, deyiladi hodisa yuzasidan berilgan qo`shimcha ma`lumotda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1