1

IIB xodimlari ayovsiz kaltaklab o`ldirgan fuqaro voqeasiga “Yuksalish” umummilliy harakati munosabat bildirdi

Jinoyat 15.06.2020, 22:23
IIB xodimlari ayovsiz kaltaklab o`ldirgan fuqaro voqeasiga “Yuksalish” umummilliy harakati munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda IIB xodimlari tomonidan kaltaklangan fuqaroning ag`ir ahvoldagi holati aks etgan video tarqaldi. Bu haqdagi video saytimizda avval berilgandi. Bu mudhish voqea yuzasidan avvalo IIV  bayonot berdi.

Shuningdek siyosiy partiyalar vakillarining bu boradagi nuqtai nazarlarini ham  saytimizda yoritgan edik. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog`liq hodisa yuzasidan “Yuksalish” umummilliy harakati axborot xizmati quydagilarni bildirdi.

"O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq,  2020 yil 1 apreldan boshlab:

shaxsni ushlash, unga prosessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etilishi;

— huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so`ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to`g`risida uning oila a`zolaridan birini, ular bo`lmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo`yicha majburiyati yuklanishi belgilangan edi.

Shu ma`noda tegishli idoralar tomonidan qonunchilikning amaliyotda to`g`ri va o`z vaqtida ijro etilishi o`ta dolzarb hisoblanadi. Xususan, “Prokuratura to`g`risida”gi qonunga muvofiq, prokuratura idoralari jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarni ijro etishlarini nazorat qiladi, shuningdek, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta`sir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshiradi.

Shuningdek, vaqtincha saqlash xibsxonalari va tergov izolyatorlari hamda jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlash muhim ahamiyatga ega. Umuman, barcha ichki ishlar idoralarida tergov harakatlarini audio- va video qayd etish tizimlari orqali olib borish tizimini yo`lga qo`yish maqsadga muvofiq.

Andijonda yuz bergan voqea shuni ko`rsatadiki, sohani rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan choralar etarli emasligi, aksincha huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligi, bunda inson huquqlari va erkinliklariga so`zsiz rioya qilinishiga, ichki ishlar organlari faoliyatining hisobdorligi va shaffofligini ta`minlashga, shu jumladan, parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini yo`lga qo`yish va eng asosiysi, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlashga alohida urg`u berish kerakligini taqozo etadi".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1