AsosiyJamiyat

Tibbiyot kollejlariga bu yil qabul bo`ladimi?

'Tibbiyot kollejlariga bu yil qabul bo`ladimi?'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev rahbarligida yangi o`quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi. 

Brifingda ishtirok etgan "Darakchi" nashri  muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, tadbirda bu yil tibbiyot kollejlariga qabul bo`lish-bo`lmasligi masalasiga ham oydinlik kiritilgan. 

"Hozir o`rta maxsus bilim yurtlariga qabul tartibi va kvotalari loyiha bosqichida. Kollej va texnikumlar uchun o`quv yili oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan. Avval oliy ta`lim muassasalariga abiturientlar o`qishga topshirishsin. Keyin ularning natijasi e`lon qilingandan so`ng, kira olmaganlar uchun ham imkoniyat bo`lishi uchun sentyabr oyida qabul jarayonlari va imtihonlar o`tkazish rejamizda bor", — degan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov. 

Mavzuga doir: Joriy yilda qaysi toifadagi abiturientlar uchun alohida grant asosida kvota ajratilgani ma`lum bo`ldi

Bu yil OTMga kirish imtihonlari qaysi sanada boshlanishi aniq bo`ldi.

Magistraturaga qabul bo`yicha hujjat topshirish shartlari va imtihon kunlari ma`lum qilindi.

"Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishuv qilyapmiz". Behzod Musaev bu yil imtihonga kirishda abiturientlar qanday tekshirilishi haqida gapirdi.

Bu yilgi testda oson savollar soni ko`paytirildi.

 

    Boshqa yangiliklar