1

"Nega prokurorlar, ichki ishlar rahbarlari biz aybdormiz, deb chiqmadi?" Prezident Andijon va Chiroqchidagi voqealarga to`xtaldi

Jamiyat 30.06.2020, 22:20
"Nega prokurorlar, ichki ishlar rahbarlari biz aybdormiz, deb chiqmadi?" Prezident Andijon va Chiroqchidagi voqealarga to`xtaldi

Avval xabar qilganimizdek, bugun,  30 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida odil sudlovni ta`minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. 

Yig`ilishda davlat rahbari huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga alohida to`xtalib o`tdi.

Ma`lum qilinishicha, inson huquqlarini buzganligi uchun 60 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi.

"Albatta, bunday o`zgarishlar odamlarimizda haqiqat va adolatga bo`lgan ishonchni mustahkamlamoqda.

Lekin, xalqimiz sud-huquq tizimidan rozi, deyishga hali erta.

Birinchidan, biz so`nggi uch yarim yilda qiynoqlarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha jiddiy va ortga qaytmaydigan islohotlarni amalga oshirdik.

Lekin, Andijon shahar va Chiroqchi tuman ichki ishlar idoralarida yaqinda sodir bo`lgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uyg`otishi, aniq xulosalar qilishga chorlashi kerak.

Ushbu fojia oqibatida 2 nafar inson hayotdan erta ko`z yumdi. Ularning oilalari bu huquq-tartibot idoralari rahbarlaridan emas, davlatdan norozi.

Nima uchun tezkor-qidiruv va tergovni nazorat qiluvchi prokurorlar Xolmaxmatov, Fozilov, Tadjiev, 
ichki ishlar rahbarlari Sobirov, Tasbaev, Satvoldiev bunga biz aybdormiz, deb chiqib aytmaydi. O`sha xodimlarni bilimini oshirmadik, qonun bilan ishlash, odamlar bilan muomala qilishga o`rgatmadik, deb nima uchun xalqdan kechirim so`ramaysizlar?

Bu kabi noxush holat takrorlanmasligi uchun qaysi tizim yoki hududiy idora rahbari aniq reja yoki dastur ishlab chiqdi? 

Ming afsus bilan aytish kerak, sizlardagi loqaydlik va bilimsizlik islohotlarimizni obro`sizlantirmoqda", — dedi Shavkat Mirziyoev.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, hozirda ushbu jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda. 7 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 16 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1