AsosiyDunyo

42 nafar tibbiyot xodimi vafotidan so`ng orden bilan taqdirlandi

'42 nafar tibbiyot xodimi vafotidan so`ng orden bilan taqdirlandi'ning rasmi

Avvalroq, Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mamlakatda e`lon qilingan motam kunida ikki shifokorga vafotidan so`ng Mehnat Qahramoni unvoni berilgani haqida xabar qilgan edik.

Ma`lum bo`lishicha, Toqaev  mukofotlanganlar sonini yanada oshirgan.  

Ushbu davlat sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, yana 40 nafar tibbiyot xodimi vafotidan keyin turli darajalardagi «Bars», «Parasat», «Hurmat» ordenlari bilan taqdirlagan.

Ularning orasida mutasaddilar, shifokorlardan tortib feldsherlar, hamshiralar va Tez yordam haydovchilari ham bor.

Ularning barchasi koronavirusga qarshi kurash yo`lida hayotdan ko`z yumgan.

    Boshqa yangiliklar