AsosiyJamiyat

O`zbek aktrisalaridan biri koronavirusga chalindi

'O`zbek aktrisalaridan biri koronavirusga chalindi'ning rasmi

O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O`zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova koronavirusga chalindi, deya xabar bermoqda "Qalampir" nashri. 

60 yashar aktrisa ayni vaqtda Toshkent viloyati Zangiota tumanida qad rostlagan yangi shifoxonada davolanmoqda. U ushbu shifoxonaga joriy yilning 9 iyul kuni keltirilgan. Nashr muxbiri akstrisaning  xolidan xabar olish uchun telefon orqali bog`langanida u shifoxonada davolanayotganini aytgan.

"Allohga shukur, ahvolim yaxshi. Abduraim Abduvahabovning vafot etganini mendan yashirishgan ekan. Hozir eshitdim. Safimiz kamayib bormoqda. Juda yaxshi aktyor, mehribon hamkasb, qadrdon ukam edi. 

Bir haftadan oshdi, yangi shifoxonada davolanyapman. Avval yurak xurujini boshdan kechirgansiz deb olib kelishdi. Holatim yomon emas. Ushbu shifoxonaning Bosh vrachidan tortib, barcha xodimlariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Hayotlarini xavfga qo`yib, bemorlar salomatligi, hayoti uchun kurashmoqda", degan Muqaddas Xoliqova.

Eslatib o`tamiz, avvalroq xonanda Kaniza ham koronavirusga chalingani xabar qilingandi. 

    Boshqa yangiliklar